Eksport faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi boshlig'i Olim Anvarov boshchiligida mutaxassislar tomonidan "Sladus Produce" MCHJ qarashli qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonada o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida quyidagilar oʻrganildi:

➖Ishlab chiqarish hududi va sexlarning sanitariya holati;
➖Ishchilarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik holati;
➖Mahsulotlar tayyorlanadigan xomashyo va tayyor mahsulotlar saqlanayotgan joylarning tozaligi va mosligi;
➖Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarining yo‘lga qo‘yilganligi;
➖Ichimlik suvi ta'minoti, ventilyatsiya va yoritish tizimlarining sanitariya me’yorlariga muvofiqligi.

Aniqlangan kamchiliklar asosida korxona rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni