Ovqatlanish shoxobchasining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi rahbari Olim Anvarov boshchiligida  mutaxassislar tomonidan “Indeks Apex Pizza” MCHJ ovqatlanish shoxobchasida sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida ovqat tayyorlash, saqlash va taqdim etish jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinmaganligi, shuningdek, muassasa faoliyati inson salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlandi.

Tadbir davomida ovqatlanish shoxobchasidan tahlil uchun namunalar olinib, belgilangan tartibda Sergeli tumani boʻlimi bakteriologik laboratoriya boʻlinmasiga topshirildi.

Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar shoxobchaning faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, muhrlandi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni