Miroboddagi ovqatlanish shoxobchasining faoliyati vaqtincha to'xtatildi

Qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat olib borish, xalq manfaatlari va ularning muammolariga o'z vaqtida yechim topish bugungi kunda eng mas'uliyatli vazifa bo'lib xizmat qilmoqda. Xabaringiz bor, aholi istiqomat qiluvchi maskanlarda ularning salomatligiga zarar keltiruvchi obyektlarning faoliyatini chuqurroq o'rganish maqsadida tegishli tartibda tekshiruv uchun mas'ul tashkilotlar tomonidan ruxsatnomalar olinib, reyd tadbirlari tashkil etilgan.

Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakildan olingan ruxsatnoma asosida tumanda joylashgan  “China Xibel noodles” MCHJ'ga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida aholidan kelib tushgan davomli murojaatlar sababli kuchaytirilgan tekshiruv o’tkazildi. 

Tekshiruv davomida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

➖oshxona javonlarida qachon tayyorlanganligi noma'lum bo'lgan, saqlash qoidalariga rioya qilinmagan, xamir mahsulotlari hidlanib qolganligi;
➖yuvilmagan idishlar, qo'l yuvish joylarida hamda javonlar ichida qolib ketganligi;
➖taom tayyorlashda foydalanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan me'yorlar asosida muzlatgichlarda saqlanmasligi;
➖ishchi xodimlarning sanminimmum o'quv kurslarida tahsil olmasdan, tibbiy ko'rik guvohnomalariga ega bo'lmasdan ish yuritishi;
➖noturar joyda ishchi xodimlar tomonidan tunab qolish uchun o'rin-ko'rpalar yig'ilmay turganligi;
➖binoda tozalik ishlarini o'z vaqtida sifatli tashkil etilmaganligi;
➖profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazib borishda shartnomalarga ega emasligi;
➖keraksiz buyumlar va chiqindilar to’planib, noxush hid chiqarayotganligi ma’lum bo’ldi.

O’tkazilgan tekshiruv natijasida Sanitariya qoida va me'yorlarining qo'pol ravishda buzilganligi sababli, yuqoridagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan talablar asosida ish jarayonlarini tashkil etish borasida ko'rsatmalar berildi va umumiy ovqatlanish shoxobchasining faoliyati vaqtincha to’xtatildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni