Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi rahbari Olim Anvarov boshchiligida mutaxassislar tomonidan “Indeks Apex Pizza” MCHJ ovqatlanish shoxobchasida sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida ovqat tayyorlash, saqlash va taqdim etish jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinmaganligi, shuningdek, muassasa faoliyati inson salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlandi.
Tadbir davomida ovqatlanish shoxobchasidan tahlil uchun namunalar olinib, belgilangan tartibda Sergeli tumani boʻlimi bakteriologik laboratoriya boʻlinmasiga topshirildi.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar shoxobchaning faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, muhrlandi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati