Bektemir tumanidagi ovqatlanish korxonasining faoliyati vaqtincha to'xtatildi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish maqsadidaBiznes ombudsmandan olingan ruxsatnoma asosida  tumandagi "KORYO" OKga qarashli umumiy ovqatlanish korxonasida koordinatsion sanitariya nazorat tadbirlari amalga oshirildi. 

Kuchaytirilgan tekshiruv natijasida bir qator kamchiliklar ma'lum bo'ldi:

➖oshxona alohida go‘sht, un, sabzavot sexlari bilan ta'minlanmaganligi; 
➖ishchi xodimlarning sanitariya minimumi kurslarida o‘qiganligi to‘g‘risida guvohnomalariga ega emasligi;
➖oshxona va yordamchi xonalarda ta'mirlanmaganligi hamda tozalash ishlari o‘tkazilmaganligi;
➖dezinfeksiya tadbirlarini muntazam amalga oshirib borishda hech qanday shartnomalarga ega emasligi;
➖oshxonaga olib kelingan barcha mahsulotlarni sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni yo‘qligi;
➖ishlatilgan idish-tovoqlarni yuvish rejimiga rioya qilinmaganligi;
➖ oshxona ishchilari maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanmaganligi  aniqlandi.

Shuningdek korxonada tekshiruv davomida ish qurollari, ishchilarning ish kiyimlari, qo‘li va ish stollaridan, oziq-ovqat xomashyolaridan, tayyor oziq-ovqat mahsulotlaridan, ichimlik suvidan bakteriologik tahlillar o‘tkazish uchun namunalar olindi va bo‘lim bakteriologiya laboratoriyasiga topshirildi. 

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan salon rahbariga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzilib, kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonasining ish faoliyati vaqtincha to'xtatildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni