Ovqatlanish korxonasida Sanitariya qoida va me'yorlari qo'pol ravishda buzilayotgani va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar korxona faoliyati vaqtincha to'xtatilgan edi. Lekin "MODERN CAKE BY NILUFAR" MCHJ rahbari tomonidan shoxobcha eshiklariga qo'yilgan muxrlarni o‘zboshimchalik bilan buzib, ish faoliyatini davom ettirayotgani ma'lum bo‘ldi.
Ushbu aniqlangan qonunbuzarlik holati bo‘yicha Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 228-moddasi va Jinoyat kodeksining 227-moddalariga ko'ra tegishli chora ko‘rilishi yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasiga xabarnoma yuborildi.
Eslatib o'tamiz, tekshiruv davomida quyidagi kamchiliklar:
➖ishchi xodimlarning sanminimmum o'quv kurslarida tahsil olmasdan, tibbiy ko'rik guvohnomalariga ega bo'lmasdan faoliyat olib borishi;
➖maxsus ust-bosh kiyimlar bilan ta'minlanmaganligi;
➖muzlatgich hamda gaz pechlari antisanitar holatda ekanligi;
➖binoda joriy ta'mirlash va tozalik ishlarini o'z vaqtida sifatli tashkil etilmaganligi;
➖taom tayyorlashda foydalanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan joylarda saqlanishi
➖profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazib borishda shartnomalarga ega emasligi aniqlangan edi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati