Ovqatlanish shoxobchasida kuchaytirilgan tekshiruv o'tkazildi

Inson salomatligining asosiy omili bu tozalikka doimiy tarzda rioya qilish hamda gigiyena qoidalariga muvofiq turmush tarzini yo’lga qo’yishdan iboratdir. Bu ikki holat bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. 

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mas'ul mutaxassislari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakildan olingan ruxsatnoma asosida Furqat mahallasida joylashgan  “MUHAYYO QUEEN” MChJ ga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida kuchaytirilgan tekshiruv amalga oshirildi.

Tekshiruvning asosiy sababi fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarga muvofiq munosib yechim topish hamda fuqarolarning salomatligini saqlashdan iboratdir.

Tekshiruv davomida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

➖binoda tozalik ishlarini o'z vaqtida sifatli tashkil etilmaganligi;
➖foydalanadigan idish-tovoqlar, gaz atroflari, dudbo'roni yopiq holatda kirlanib, antinasitar holatda ekanligi;
➖taom tayyorlashda foydalanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan me'yorlar asosida muzlatgichlarda saqlanmasligi;
➖ishchi xodimlarning sanminimmum o'quv kurslarida tahsil olmasdan, tibbiy ko'rik guvohnomalariga ega bo'lmasdan ish yuritishi;
➖profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazib borishda shartnomalarga ega emasligi ma’lum bo’ldi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni