Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan 116-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida rejali sanitariya nazorati amalga oshirildi.
Sanitariya nazorati davomida:
➖bolalarning sog'lom ovqatlanishini to'g'ri tashkil etilganligi;
➖dam olish va uxlash uchun ajratilgan yotoq joylarning tozaligi va yaroqliligi;
➖taomnomaning mavsumga xos bo'lgan ovqatlar bilan to'ldirilganligi tekshirildi. Ovqatdan to'yimlilikni aniqlash va laborator tahlil uchun namunalar olindi.
Kamchiliklarga yo'l qo'ygan xodimlarga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati