Bosh sahifa / Maktabgacha ta'lim tashkilotida rejali sanitariya nazorati amalga oshirildi

Maktabgacha ta'lim tashkilotida rejali sanitariya nazorati amalga oshirildi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan  116-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida rejali sanitariya nazorati amalga oshirildi.

Sanitariya nazorati davomida:

➖bolalarning sog'lom ovqatlanishini to'g'ri tashkil etilganligi;
➖dam olish va uxlash uchun ajratilgan yotoq joylarning tozaligi va yaroqliligi;
➖taomnomaning mavsumga xos bo'lgan ovqatlar bilan to'ldirilganligi tekshirildi. Ovqatdan to'yimlilikni aniqlash va laborator tahlil uchun namunalar olindi.

Kamchiliklarga yo'l qo'ygan xodimlarga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


16-08-2024, 12:24
Ortga qaytish