Bolalar stomatologiyasida laborator tekshiruv uchun namunalar olindi

‼️ Sanepidqo‘mita Mirobod tumani bo‘limi Bakteriologik laboratoriyasi xodimlari tomonidan belgilangan reja asosida 7-sonli Bolalar stomatologiyasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida laboratoriya tekshiruvlari uchun namunalar olindi.

🔍 Tekshiruv doirasida tashqi muhit obyektlari va anjomlaridan surtma namunalari, havo muhiti namunalari, shuningdek, tibbiy instrumentlarning sterilligini baholash uchun tegishli tahlil namunalari yig‘ildi.

🏥 Mazkur tadbirlar tibbiyot muassasasida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida infeksion xavfsizlikni ta’minlash hamda bolalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni