‼️ Sanepidqo‘mita Mirobod tumani bo‘limi Bakteriologik laboratoriyasi xodimlari tomonidan belgilangan reja asosida 7-sonli Bolalar stomatologiyasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida laboratoriya tekshiruvlari uchun namunalar olindi.
🔍 Tekshiruv doirasida tashqi muhit obyektlari va anjomlaridan surtma namunalari, havo muhiti namunalari, shuningdek, tibbiy instrumentlarning sterilligini baholash uchun tegishli tahlil namunalari yig‘ildi.
🏥 Mazkur tadbirlar tibbiyot muassasasida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida infeksion xavfsizlikni ta’minlash hamda bolalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati