‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 84-sonli DMTTda qayd etilgan o‘tkir yuqumli ichak kasalligi (O‘YIK) holati yuzasidan sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.
🔎 Tekshiruv davomida Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i, shuningdek Sanitariya qoida va meʼyorlarining bajarilishi holati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Tashkilot rahbariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
✅Maqsad — yuqumli kasalliklarning tarqalishining oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati