Bolalarning sog'lom turmush-tarzini tashkil etish hamda gigiyena talablariga mos ravishda ish jarayonlarini olib borish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'rganish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mas'ul xodimi tomonidan tumanda joylashgan 575-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida rejali tekshiruv ishlari olib borildi.
Tekshiruv davomida ta'lim tashkilotining sanitariya-texnik holati, ertalabki filtr ishlarining sifati, xodimlarining davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, dezinfeksiya chora-tadbirlarining olib borilishi hamda muassasa oshxonasida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati ko'zdan kechirildi.
Nazorat davomida quyidagi kamchiliklar:
Muassasa mas'ullariga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha belgilangan muddat hamda tegishli tavsiyalar va tushuntirish ishlari berildi. Tashkilot rahbariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati