Un ishlab chiqarish tegirmonida sanitariya nazorati o‘tkazildi

Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklarni profilaktikasi sifatida respublikamizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi bug‘doy unlari temir va bir qator vitaminlar bilan boyitilishi zarur va bu nazorat qilinadi.

Aynan un ishlab chiqarish korxonasidagi ish holati, mahsulot ishlab chiqarish jarayonini ko'zdan kechirish maqsadida  Chilonzor tumanidagi un tayyorlash tegirmonida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Biznes ombudsmanni xabardor qilgan holda sanitariya nazorati ishlari o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida:

➖xomashyo bug‘doyni qabul qilish va saqlash uchun  tashkil etilgan omborxonalarning sanitariya holati, kemiruvchi va parrandalardan himoyalash chora-tadbirlari amalga oshirilganlik holati;
➖temir tutib qoluvchi magnit moslamalarni mavjudligi va ularni to‘g‘ri o‘rnatilganligi (temir zarrachalarini tutib qoluvchi magnitlar bug‘doy uni vitamin-mineral qo‘shimchalar bilan boyitilishidan oldin o‘rnatilishi lozim, aks holda vitamin-mineral qo‘shimchalar tarkibidagi temir moddasini ham ushlab qoladi);
➖vitamin-mineral qo‘shimchalarni purkash uchun o‘rnatilgan dozatorlarning ishchi holati;
➖vitamin-mineral qo‘shimchalar zahirasining mavjudligi va mahsulotni ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatlari saqlanganligi va sifat guvohnomalarining mavjudligi;
tayyor bug‘doy uni mahsulotini omborxonalarda to‘g‘ri saqlanish holati;
➖ishchi-xizmatchilarni tegirmonni shnek qismida ishlovchilari uchun kasb kasalligi koxlearnevritni oldini olish maqsadida quloq uchun himoya vositalari bilan unni qoplash jarayonida silikozlardan saqlash uchun maxsus respiratorlar bilan ta’minlanganlik holati;
➖ishchi-xizmatchilarni bir yilda bir marta chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari uchun shakllantirilgan ro‘yxatni va ro‘yxat asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tganliklarini tasdiqlovchi dalolatnomaning mavjudligi;
➖unning kunlik ishlab chiqarilgan partiyasini fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlildan o‘tkazib borish uchun laboratoriyaning mavjudligi. 

Eslatib o'tamiz, mikronutriyent yetishmasligi inson organizmining oziq-ovqat bilan tushadigan mikronutriyentlar yetarli emasligi sababli kasalliklarning rivojlanishiga olib keladigan holat hisoblanadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni