Bosh sahifa / Yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi

Yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi


‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 84-sonli DMTTda qayd etilgan o‘tkir yuqumli ichak kasalligi (O‘YIK) holati yuzasidan sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.

🔎 Tekshiruv davomida Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i, shuningdek Sanitariya qoida va meʼyorlarining bajarilishi holati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Tashkilot rahbariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

✅Maqsad — yuqumli kasalliklarning tarqalishining oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

5-10-2026, 15:51
Ortga qaytish