FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA PROFILAKTIK NAZORAT O‘TKAZILDI

📍 Yunusobod tumanida fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida “Chitir-chitir somsa” kafesida profilaktik nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🔎 Murojaatda kafedan chiqayotgan tutun atrofda istiqomat qiluvchi fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani, shuningdek, dudbo‘ronlarda filtr moslamalari mavjud emasligi bildirilgan.

🧪 Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tumani bo'limi mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🏠 Xususan, murojaatchining yashash xonadonida, uning atrofidagi hududlarda
atmosfera havosi sifatini o‘rganish va tegishli laboratoriya tahlillarini o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

👨‍🔬 O‘rganish jarayonida sanitariya talablariga rioya etilishi holatiga ham e’tibor qaratildi.

⚠️ Shuningdek, kafe rahbariyati bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, sanitariya qoidalari va me’yorlariga qat’iy amal qilish zarurligi yuzasidan tegishli ogohlantirish berildi.

🔧 Dudbo‘ronlarni filtr moslamalari bilan jihozlash bo‘yicha esa muayyan muddat belgilanib, kamchilikni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni