Mirobod tumani, Qo’yliq-3 mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan 27-uy yonida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan chiqayotgan tutun va ertalab soat 05:00 dan kechki paytgacha davom etayotgan shovqin yuzasidan bildirilgan norozilik murojaati yuzasidan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida somsaxonada iste’molga yaroqliligi kafolatlanmagan, noma’lum sharoitda tayyorlangan 10 litr sous mahsuloti mavjudligi aniqlanib, ular amaldagi tartibda brakeraj qilindi.
Shuningdek, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ushbu obyekt xodimlariga sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi yuzasidan ogohlantiruvchi tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati