Rasmiy munosabat: Muammoni bartaraf etish uchun muhlat berildi

Telegram ijtimoiy tarmog'idagi kanallardan birida Yunusobod tumanida joylashgan osh markazidan chiqayotgan tutun aholi yashash xonadonlarigacha kirib borayotgani va bu ularning haqli e'tiroziga sabab bo'layotgani yuzasidan shikoyat tarzidagi xabar e'lon qilindi.

Shu sababdan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan ushbu ovqatlanish korxonasida o'rganish ishlari olib borildi. Ovqatlanish korxonasi rahbari bilan suhbat o'tkazilib, chiqayotgan tutun aholiga noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun dudbo'ronlarni yanada balandroq o'rnatish uchun 3 kun muhlat berildi hamda ish jarayonida sanitariya talablariga qat'iy rioya qilgan holda faoliyat olib borishi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 

Shuni ta’kidlash lozimki, Sanitariya qoida va me'yorlariga muvofiq, tandir va boshqa issiqlik moslamalari maxsus dudbo‘ron bilan jihozlangan bo‘lishi, dudbo‘ronlar atrofdagi aholi yashash xonadonlariga noqulaylik tug‘dirmasligi uchun kamida 3 metr balandlikda yoki 10 metr uzoqlikda o‘rnatilishi lozim.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni