Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Uchtepa tumanidagi Farhod dehqon bozorida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
🔍Reyd davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda tayyorlangan, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan 15 litr qo‘lbola anor sharbati savdoga qo‘yilgani aniqlandi.


🚫Aniqlangan holat yuzasidan mazkur mahsulotlar savdodan olinib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi. Fuqarolarga esa sanitariya qoidalariga rioya etish hamda oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish tartibi bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
❗️Hurmatli iste’molchilar! O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligi uchun faqat sifati kafolatlangan, tegishli hujjatlarga ega hamda sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan mahsulotlarni xarid qilishingizni so‘raymiz.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati