Bosh sahifa / Uchtepa tumanida sifatsiz mahsulot savdosiga chek qo‘yildi

Uchtepa tumanida sifatsiz mahsulot savdosiga chek qo‘yildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Uchtepa tumanidagi Farhod dehqon bozorida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

🔍Reyd davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda tayyorlangan, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan 15 litr qo‘lbola anor sharbati savdoga qo‘yilgani aniqlandi.

 

🚫Aniqlangan holat yuzasidan mazkur mahsulotlar savdodan olinib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi. Fuqarolarga esa sanitariya qoidalariga rioya etish hamda oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish tartibi bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

❗️Hurmatli iste’molchilar! O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligi uchun faqat sifati kafolatlangan, tegishli hujjatlarga ega hamda sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan mahsulotlarni xarid qilishingizni so‘raymiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


6-03-2026, 11:30
Ortga qaytish