Antisanitariya holatdagi somsaxona faoliyati vaqtincha to'xtatildi

Biznes ombudsman bilan kelishilgan holda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Furqat" mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan somsaxonada sanitariya tekshiruvi o‘tkazildi.

🔍Tekshiruv jarayonida amaldagi Sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, ishlab chiqarish va savdo hududlarining sanitariya holati hamda dezinfeksiya rejimiga amal qilinishi o‘rganildi.

 

⚠️Nazorat tadbirlari davomida qator kamchilik va qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xususan, ishlab chiqarish hududlarida sanitariya talablari yetarli darajada ta’minlanmaganligi, hududning ma'lum bir qismi ishchilar turar joyiga aylantirilganligi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari belgilangan me’yorlarga mos kelmasligi, xodimlarning sanitariya kiyim-boshidan foydalanish tartibiga to‘liq rioya etilmaganligi qayd etildi.

 

🚫Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi hamda mas’ullarga nisbatan mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mavjud kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar ushbu obyekt faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni