Mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olish, o‘quvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 346-sonli umumta’lim maktabida ertalabki filtr jarayonlarining olib borilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
🔍Nazorat jarayonida:
👫o‘quvchilarning umumiy holati;
🤒tana harorati o‘lchanishi;
🤧shamollash va yuqumli kasallik belgilari;
🙌shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi va yaratilgan sharoitlar;
🛢tashkilotning kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik holatlari kuzatildi.
😷Filtr jarayonlari sanitariya talablariga muvofiq tarzda tashkil etilgani, mas’ul xodimlarning belgilangan tartibda faoliyat olib borayotgani qayd etildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati