Bosh sahifa / Umumta’lim maktablarida ertalabki filtr jarayonlari nazorati o‘tkazildi

Umumta’lim maktablarida ertalabki filtr jarayonlari nazorati o‘tkazildi

Mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olish, o‘quvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 346-sonli  umumta’lim maktabida ertalabki filtr jarayonlarining olib borilishi  yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

🔍Nazorat jarayonida:

👫o‘quvchilarning umumiy holati; 
🤒tana harorati o‘lchanishi; 
🤧shamollash va yuqumli kasallik belgilari; 
🙌shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi va yaratilgan sharoitlar; 
🛢tashkilotning kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik holatlari kuzatildi.

😷Filtr jarayonlari sanitariya talablariga muvofiq tarzda tashkil etilgani, mas’ul xodimlarning belgilangan tartibda faoliyat olib borayotgani qayd etildi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


10-12-2025, 15:30
Ortga qaytish