🔍 O'rganish jarayonida akvariumda jami 47,5 kg o‘lgan va hidlangan baliq borligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu mahsulotlar iste’mol uchun xavfli deb topilib, o‘rnatilgan tartibda savdodan olindi.
📝Shuningdek, rastada tozalash ishlari muntazam olib borilmagani va sanitariya talablariga rioya qilinmagani sababli sotuvchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
🍳 Hududdagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida 145 litr hidlangan va qoraygan yog‘ saqlanayotgani aniqlandi. Iste’mol uchun mutlaqo yaroqsiz bo‘lgan yog‘ darhol belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
‼️ Eslatib o'tamiz, poytaxtimiz aholisining salomatligi va iste’mol xavfsizligi biz uchun ustuvor vazifa. Sifatsiz, yaroqsiz mahsulotlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Bu kabi nazorat tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati