Nazorat davomida iste'mol uchun yaroqsiz 57 kg mahsulot savdosi to'xtatildi

Navro'z dehqon bozorida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’mol uchun yaroqsiz mahsulot saqlanayotgani aniqlandi.

O‘rganishlar davomida 7,3 kg go'sht qiymasi iste'molga yaroqsiz holga kelib, hidlanib qolganligi, 21 kg kolbasa mahsulotlarining yaroqlilik muddati o'tib, mog'orlagani, 15 kg tovuq oyog'i hamda 14 kg qandolat mahsulotlari iste'molga yaroqsiz holga kelganligi ma'lum bo'ldi. Mahsulot zudlik bilan savdodan olinib, belgilangan tartibda brakeraj qilindi.

Tadbirda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tumani bo‘limi mutaxassislari va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari ishtirok etdi.

Sotuvchilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha ogohlantirish berildi, tushuntirish ishlari olib borildi va ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni