Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo'mita toshkent shahar boshqarmasi va Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi tomonidan Navro'z bozorida olib borilgan nazorat tadbiri davomida aniqlandi. Iste'mol uchun xavfli mahsulotlar savdodan olinib, o'rnatilgan tartibda yo'q qilindi. Sotuvchilarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
Eslatib o'tamiz, mahsulot xaridini amalga oshirish chog'ida uning to'g'ri sharoitda saqlanayotgani va qadog'ida barcha ma'lumotlari ko'rsatilganligiga alohida ahamiyat qarating.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati