Sifatsiz mahsulotlar savdosi to'xtatildi  

Bozorda tibbiy ko'rikdan o'tmagan fuqarolar tomonidan noma'lum sharoitda tayyorlangan, ovqat tayyorlash texnologiyasiga roiya etmagan holda tayyorlangan 6,5 kg dudlangan baliq va 12 kg yarim tayyor lag'mon xamiri savdosi aniqlandi. 
 
Ushbu holat Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan aholini orasida guruhli ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini  olish  maqsadida Farhod dehqon bozorida olib borilgan nazorat davomida aniqlandi. Mahsulot iste'molga yaroqsizligi tufayli o'rnatilgan tartibda savdodan olinib, yo'q qilish choralari ko'rildi.

Eslatib o'tamiz, noma'lum sharoitda tayyorlanib sotilayotgan mahsulotlar oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga sabab bo'lib, zaharlanish holatini ham keltirib chiqaradi. Shu sababli xarid jarayonida yorliqlarida barcha ma'lumotlari ko'rsatilgan mahsulotlarni xarid qiling.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni