Sergeli tuman politexnikumida sanitariya-gigiyena talablari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

‼️Sergeli tuman prokuraturasi topshirig‘iga asosan Politexnikumda sanitariya-gigiena va texnik holat bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish davomida ta’lim muassasasining binolari, amaliyot xonalari, hojatxonalar, o‘quv jarayonini tashkil etish sharoitlari hamda talabalarga yaratilgan sanitariya-gigiyenik imkoniyatlar batafsil ko‘zdan kechirildi.

🔎 Natijada quyidagi jiddiy kamchiliklar aniqlandi:

🏚 Amaliyot binosi kapital ta’mirtalab holatdaligi;
🚫 4 ta hojatxona santexnik nosozliklar va buzilgan jihozlar tufayli yopilgano;
⚠️ 2 ta faol hojatxona antisanitariya holatida ekanligi;
🧹 O‘quv binosida tozalash ishlari sifatsiz, zararsizlantirish tadbirlari umuman o‘tkazilmayotgani;
🧴 “Toza qo‘llar” dasturiga amal qilinmayapti, qo‘l yuvish vositalari bilan ta’minlash ishlari yo‘lga qo‘yilmagani;
📄 Profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmagani.

✅ Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Ularning bajarilishi qat’iy nazoratga olindi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni