Tibbiyot muassasalarida ozodalik va gigiyena talablariga qat’iy rioya etish — infeksion kasalliklarning oldini olish, bemorlar, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligini himoya qilishda juda muhimdir.
📌 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi xususiy klinikada bakteriologik tekshiruv o‘tkazildi.
🔎 Tekshiruv davomida quyidagi obyektlar – tibbiy anjomlar va uskunalar, bemor yotoqlari, dorilar saqlanadigan javonlardan surtma namunalari olindi.
🧪 Olingan namunalar Olmazor tumani bo'limi bakteriologiya laboratoriyasiga yetkazilib, maxsus tahlillar jarayoni boshlab yuborildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati