Bosh sahifa / Xususiy klinikalarda gigiyena nazorati kuchaytirildi

Xususiy klinikalarda gigiyena nazorati kuchaytirildi

Tibbiyot muassasalarida ozodalik va gigiyena talablariga qat’iy rioya etish — infeksion kasalliklarning oldini olish, bemorlar, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligini himoya qilishda juda muhimdir.

📌 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi xususiy klinikada bakteriologik tekshiruv o‘tkazildi.

🔎 Tekshiruv davomida quyidagi obyektlar – tibbiy anjomlar va uskunalar, bemor yotoqlari, dorilar saqlanadigan javonlardan surtma namunalari olindi.

🧪 Olingan namunalar Olmazor tumani bo'limi bakteriologiya laboratoriyasiga yetkazilib, maxsus tahlillar jarayoni boshlab yuborildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


18-11-2025, 13:25
Ortga qaytish