‼️ Bektemir tumanida iste’molchilarga xavfsiz va sifatli mahsulotlar yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi oziq-ovqat do‘konlarida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
⚠️Tadbir davomida "Rohat‘" mahallasi hududida joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida iste’mol uchun yaroqsiz, butunligi buzilgan mahsulotlar aniqlandi.
Jumladan:
🍔 7 dona ishlab chiqarilishi nomaʼlum bo‘lgan sendvich mahsulotlari;
🧇 2 kg qandolat mahsulotlari;
🍚 11 kg miqdorida nomaʼlum sharoitda tayorlangan lag‘mon xamiri,
🫑 2 kg organoleptik xususiyatlari buzilgan bulg‘or qalampiri mahsulotlari isteʼmolga yaroqsizligi sababli savdodan oldirildi va sotuvchilarga nisbatan ogohlantirish choralari ko‘rildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati