Bosh sahifa / Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati nazoratga olindi

Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati nazoratga olindi

‼️ Bektemir tumanida iste’molchilarga xavfsiz va sifatli mahsulotlar yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi oziq-ovqat do‘konlarida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

⚠️Tadbir davomida "Rohat‘" mahallasi hududida joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida iste’mol uchun yaroqsiz, butunligi buzilgan mahsulotlar aniqlandi. 

Jumladan:

🍔 7 dona ishlab chiqarilishi nomaʼlum bo‘lgan sendvich mahsulotlari; 
🧇 2 kg qandolat mahsulotlari; 
🍚 11 kg miqdorida nomaʼlum sharoitda tayorlangan lag‘mon xamiri, 
🫑 2 kg organoleptik xususiyatlari buzilgan bulg‘or qalampiri mahsulotlari isteʼmolga  yaroqsizligi sababli savdodan oldirildi va sotuvchilarga nisbatan ogohlantirish choralari ko‘rildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


22-09-2025, 14:00
Ortga qaytish