Chilonzorda xavfli mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida:

- noma’lum texnologiya asosida tayyorlangan 12 kg marinadlangan konserva;
- ikkilamchi yelim idishlarda saqlangan sabzavot tuzlamalari aniqlanib, Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda yo‘q qilindi.

Ushbu mahsulotlarni isteʼmol qilish — o‘tkir zaharlanish, turli oziq-ovqat infeksiyalari, sog‘liq uchun jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sababli xarid jarayonida mahsulot ishonchli savdo nuqtasidan olinganiga, qadoqlanish sifati va yaroqlilik muddatiga, sanitariya va veterinariya hujjatlariga e’tibor berishni unutmang.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni