Botulizmning oldini olish choralari ko'rildi 

Uy sharoitida noma’lum texnologiya asosida tayyorlangan meva va sabzavot konserva mahsuloti yoxud dudlangan go‘sht, baliq va kolbasa mahsulotlari bo‘lsin, germetik qadoqlangan konserva mahsuloti bankasi ichidagi yoki dudlash natijasida mahsulot ustki qismida hosil bo‘ladigan parda ostida hosil bo‘ladigan anaerob muhit BOTULIZM kasalligi qo‘zg‘atuvchisi o‘sishi va ko‘payishi uchun eng qulay shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi.

Chilonzor dehqon bozorining  "Qozirobod" shoxobchasi hududida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi mutaxassislari va Veterenariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda sayyor o'rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish natijasida 12 dona 1 litrli shisha bankalarga qadoqlangan sabzavotli konserva mahsuloti o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

✅Eslatib o‘tamiz, uy sharoitida noaniq texnologiya asosida tayyorlangan sabzavot-meva konserva mahsulotlari, Siz va oila a’zolaringiz sog‘ligi xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmagan mahsulotlar turkumiga kirib, ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq kasalliklar ichida eng xatarlisi bo‘lgan BOTULIZM kasalligi bilan kasallanishingizga sabab bo‘lishi mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni