Xususan, Boshqarmaning "Doimiy faoliyatdagi Hay'ati faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida" gi buyrug'iga ko'ra, tuman bo'limlarida olib borilayotgan vazifalarning to'g'ri bajarilishi Hay'at a'zolari tomonidan o'rganib boriladi.
Ayni shu kunlarda Boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari Bekzod O'ktamov boshchiligidagi Hay'at a'zolari Yashnobod tumani bo'limida olib borilayotgan ish sur'ati bilan tanishmoqda.
O'rganishlar davomida epidemiologiya bo'limi va laboratoriyalardagi ish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan xodimlarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda va amaliy-uslubiy yordam ko'rsatilmoqda.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati