Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tuman bo‘limlari ishini samarali tashkil etish, ularga amaliy-uslubiy ko‘mak berish hamda mavjud muammolarni aniqlab, bartaraf etish maqsadida muntazam monitoring ishlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Boshqarmaning “Doimiy faoliyatdagi Hay’at faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida tuzilgan maxsus Hay’at a’zolari tuman bo‘limlarida belgilangan topshiriqlarning ijrosini o‘rganmoqda.
Navbatdagi monitoring Uchtepa tumani bo‘limida o‘tkazildi. Hay’at a'zolarining olib borayotgan ish faoliyatiga Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod O‘ktamov rahbarlik qilmoqda.
Tashrif davomida epidemiologiya va laboratoriya bo‘limlari faoliyati atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati