Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani bo'limi mutaxassislari dehqon bozorining savdo rastalaridagi un va tuz mahsulotlaridan tahlil uchun namuna olib, laboratoriya sharoitida tekshiruvdan o'tkazdi. Tahlil natijalariga ko'ra, osh tuzining 5 ta namunasidan 2 tasida belgilangan yod miqdorining kam ekanligi, 1-navli bug'doy unidan olingan 6 ta namunadan 2 tasida vitamin-mineral aralashmasi miqdori me'yordan kam ekanligi aniqlandi.
Shu sababli bozor ma'muriyati va tadbirkorlarga boyitilgan un va yodlangan tuz mahsulotlarini savdoga qo‘yishni ta'minlash bo'yicha tavsiyalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati