Bosh sahifa / Savdodagi un va osh tuzi mahsulotlari sanitariya-kimyoviy tahlillardan o‘tkazildi

Savdodagi un va osh tuzi mahsulotlari sanitariya-kimyoviy tahlillardan o‘tkazildi

Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan bug'doy unini mikronutriyentlar bilan boyitilganligini, osh tuzlarini yod bilan to'yintirilganligini aniqlash maqsadida mahsulotlar muntazam ravishda sanitariya-kimyoviy laborator tahlillardan o'tkazilаdi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani bo'limi mutaxassislari dehqon bozorining savdo rastalaridagi un va tuz mahsulotlaridan tahlil uchun namuna olib, laboratoriya sharoitida tekshiruvdan o'tkazdi. Tahlil natijalariga ko'ra, osh tuzining 5 ta namunasidan 2 tasida belgilangan yod miqdorining kam ekanligi, 1-navli bug'doy unidan olingan 6 ta namunadan 2 tasida vitamin-mineral aralashmasi miqdori me'yordan kam ekanligi aniqlandi.

Shu sababli bozor ma'muriyati va tadbirkorlarga boyitilgan un va yodlangan tuz mahsulotlarini savdoga qo‘yishni ta'minlash bo'yicha  tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


16-07-2025, 12:09
Ortga qaytish