Aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ommaviy oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislar tomonidan Yangi Qo'yliq hamda Farg'ona yo'li ko'chalarida joylashgan novvoyxonalar, kabobxonalar va ovqatlanish shoxobchalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida quyidagi sanitariya talablari bo‘yicha monitoring o‘tkazildi:
➖Ishchi xodimlarning amaldagi tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik guvohnomalari va sanitariya minimum kurslarini tamomlaganligi;
➖Binolarda gigiyena talablari asosida sifatli tozalov ishlari bajarilishi;
➖Oqava suv tizimi va sanitariya-gigiyena sharoitlarining holati (qo‘l yuvish chanoqlari, hojatxonalar va boshqalar);
➖Ishchilarning maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlanganligi;
➖Maishiy jihozlar va oshxona buyumlarining muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar bo'yicha mas'ullarga sanitariya qoidalari va me’yorlariga qat’iy amal qilish, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan ogohlantirishlar berildi.
Hech qanday hujjatlarga ega bo'lmagan, tayyorlanishi noma'lum bo'lgan 12 kg tuzlama, 1 kg janduq, 1 kg tok bargi savdodan olinib, o'rnatilgan tartibda yo'q qilindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati