Qishloq xo‘jaligidagi zararli kimyoviy moddalarning inson salomatligiga ta’siri qanchalik katta?
Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan pestitsidlar, gerbitsidlar va insektitsidlar zararkunandalarga qarshi kurashish uchun qo‘llaniladi. Ammo ularning noto‘g‘ri ishlatilishi tuproq, suv va havoga tarqalib, inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Salomatlikka ta’siri jiddiy:
🔹Kimyoviy moddalar aerozollar orqali nafas yo‘llariga tushib, astma, bronxit va hatto o‘pka kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Ayrim pestitsidlar uzoq muddat ta’sir qilganda saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
🔹Kimyoviy qoldiqlar organizmda to‘planib, immunitetning pasayishiga olib kelishi mumkin.
🔹Ayrim kimyoviy moddalar endokrin tizimga ta’sir qilib, gormonal disbalansga sabab bo‘ladi.
Nima qilish kerak?
Ekologik toza, organik mahsulotlarni iste’mol qilish;
Kimyoviy o‘g‘it va pestitsidlar o‘rniga biologik usullardan foydalanish;
Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish va tozalash;
Qishloq xo‘jaligida xavfsiz kimyoviy vositalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilish zarur.
Salomatligimiz va atrof-muhitni himoya qilish o‘z qo‘limizda! Ushbu ma’lumotlarni yaqinlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
MAVZUGA OID QO`SHIMCHA MA`LUMOTLAR