Yod yetishmasligi oqibatida salomatlikka jiddiy zarar yetadi!

Yod organizmimiz uchun zarur bo‘lgan eng muhim mikroelementlardan biri. Ammo ko‘pchilik uning yetishmovchiligi qanday jiddiy oqibatlarga olib kelishini bilmaydi. Agar tanamiz yodga ehtiyoj sezsa, quyidagi muammolar yuzaga kelishi mumkin:


Aqliy rivojlanish sustlashadi. Ayniqsa, bolalar va homilador ayollar uchun yod muhim. Uning tanqisligi diqqatni jamlash qiyinlashuvi, xotiraning sustlashishi va intellektual rivojlanishning orqada qolishiga sabab bo‘ladi.

Qalqonsimon bez kasalliklari kelib chiqadi. Yod qalqonsimon bez gormonlarini ishlab chiqarishda asosiy rol o‘ynaydi. Uning yetishmovchiligi bo‘g‘ma kasalligi (zob) va metabolizmning buzilishiga olib keladi.

Holzalik va charchoq tez-tez kuzatiladi. Agar doimiy charchoq va kuchsizlik sezayotgan bo‘lsangiz, bunga yod tanqisligi sabab bo‘lishi mumkin.

Soch to‘kilishi va teri qurishi jadallashadi. Yod yetishmovchiligi organizmning gormonal muvozanatini buzadi, bu esa sochlarning mo‘rtlashishi va to‘kilishiga, terining esa quruq va xira tus olishiga sabab bo‘ladi.

Homiladorlikda xavfli oqibatlar kelib chiqish ehtimoli mavjud. Homilador ayolda yod yetishmovchiligi bo‘lsa, homilaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir qiladi, hatto tug‘ma nuqsonlarga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Yod yetishmovchiligini oldini olish uchun nima qilish kerak?

Yodlangan tuz iste’mol qiling. Bu eng oddiy va samarali yo‘l.
Dengiz mahsulotlari va baliq tanovvul qiling. Ular tabiiy yod manbalaridir.
Tuxum, sut mahsulotlari va yong‘oqni ratsionga qo‘shing. Yodning tabiiy manbalaridan biri.

Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang, organizmingizga kerakli minerallarni yetkazib turing!

Ushbu ma’lumot sizga foydali bo‘ldi deb o‘ylasangiz, do‘stlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni