Bugun dunyo bo‘ylab sil kasalligiga qarshi kurashish, uni oldini olish va davolash muhimligi haqida xabardorlik oshiriladigan kun!
Sil qanday kasallik?
Sil – havo orqali yuqadigan yuqumli kasallik bo‘lib, asosan o‘pka to‘qimalarini zararlaydi. Bemor odam yo‘talganda yoki aksirganda kasallik atrofdagilarga tarqalishi mumkin.
⚠️ Sil kasalligi quyidagi alomatlar bilan namoyon bo'ladi:
✅ Uzoq davom etuvchi yo‘tal (2 haftadan ortiq);
✅ Tez charchash va holsizlik;
✅ Ishtaha yo‘qolishi va vazn yo‘qotish;
✅ Kechasi terlab ketish;
✅ Ko‘krak qafasida og‘riq.
Kasallikdan qanday himoyalanish mumkin?
✔️ BSJ emlashini qabul qilish (bu vaksina Milliy emalsh kalendari" ga muvofiq bola tug'ilganining 2-5 kunida qilinadi);
✔️ To‘g‘ri ovqatlanish va immunitetni mustahkamlash;
✔️ Xonani muntazam shamollatish;
✔️ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
✔️ Agar uzoq davom etgan yo‘talingiz bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish lozim.
🌍 Silni to‘xtatish – har birimizning qo‘limizda! Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang! Agar sil alomatlarini sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Davolash mumkin va silga qarshi kurashda har bir insonning o‘z hissasi bor!
📢Siz ham sil kasalligiga qarshi kurashga qo‘shiling va ushbu ma’lumotni yaqinlaringiz bilan ulashing!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati