Farzandim virusli infeksiyalar xavfi ostida qolmasin desangiz...

O'tkir respirator virusli infeksiyalar bolalar orasida tez tarqaladi va jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Quyidagi choralar yordamida bolangizni himoya qilishga yordam berishingiz mumkin:

Gigiyena qoidalariga amal qilishni o'rgating

Qo'llarni sovun va iliq suvda muntazam yuving (ayniqsa, ovqatdan oldin va ko'chadan kelganda).
Og'izni yo'talganda yoki aksirganda tirsak ichiga to'sishni odat qiling.
Shaxsiy buyumlarni (idish-tovoq, sochiq) boshqa birov bilan ulashmaslikni tushuntiring.


Immunitetni mustahkamlash

Bolaga vitaminlarga boy meva va sabzavotlarni muntazam iste'mol qildiring.
Kundalik ratsionda oqsilga boy mahsulotlarni qo'shing (go'sht, tuxum, sut mahsulotlari).

Yetarlicha uyqu va toza havoda yurishga ahamiyat bering.


Profilaktika choralari

Xonalarni muntazam shamollating va nam tozalash ishlarini olib boring.
Bolani chekish tutuni yoki changli muhitdan himoya qiling.
Kerak bo'lsa, shifokor tavsiyasiga ko'ra grippga qarshi vaksina qildiring.


Bolani jamoa to'plangan joydan himoya qiling

O'tkir infeksiyalar ko'paygan davrda bolani ko'p odam yig'iladigan joylarga olib bormang.
Bolalar bog'chasida yoki maktabda gigiena qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiling.


Kasallik belgilari namoyon bo'lganda darhol shifokorga murojaat qiling

Agar bola quyidagi belgilarni ko'rsatsa, kechiktirmasdan shifokorga murojaat qiling:

➖Isitma, yo'tal yoki burun oqishi; holsizlik yoki bosh og'rig'i; nafas olishda qiyinchilik.

Bolalarning sog'lig'i sizning g'amxo'rligingiz bilan bog'liq! Profilaktika choralariga rioya qiling va sog'lom turmush tarzini targ'ib qiling.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni