Murojaatga asosan kafeda o’rganish ishlari o’tkazildi

Murojaatga asosan kafeda o’rganish ishlari o’tkazildi

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatga ko’ra, “Jigarim” kafesiga qarashli kabob qo’rasini tashqariga olib chiqib qo’yib faoliyat yuritayotganligi, buning natijasida uning tutuni aholi turar joy binolarida sog’lom turmush uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotganligi yuzasidan shikoyat bildirilgan.

Mazkur holatga erta barham berish hamda aholini qiynayotgan muammolarni o’z vaqtida bartaraf etish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan “Eski Sarako’l” ko’chasida joylashgan ovqatlanish shoxobchasida o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganishlar davomida kabob qo’rasiga o’rnatilgan dud bo’ronlarining joylashuvi nazoratga olinib, aholi yashash joylarida dud bo’ronlarining belgilangan normativlar asosida joylashtirilishi yuzasidan kafe mas’ullariga ko’rsatma va tavsiyalar berilib, Sanitariya qoida va me’yorlari to’g’risida tushuntirish olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni