Ovqatlanish korxonalari turar-joy binolarida joylashtirilganda ularning turar-joy xonalaridan alohida kirish (chiqish) eshigi bo‘lishi kerak

Amaldagi Sanitariya qoida va me'yorlariga ko'ra, ovqatlanish korxonalari turar-joy binolarida joylashtirilganda ularning turar-joy xonalaridan alohida kirish (chiqish) eshigi bo‘lishi kerak.

Korxonaga tegishli hudud toza, obodonlashtirilgan va sanitariya talablariga rioya qilgan holda saqlanishi lozim.

Chiqindi yig‘ish maydonchasi va chiqindilar uchun konteynerlar soz holatda bo‘lishi kerak. Chiqindilarni alohida (turiga qarab) yig‘ish uchun qopqoqli, tegishli belgilar bilan tamg‘alangan alohida konteynerlardan yoki boshqa usti yopiq konstruksiyalardan foydalanish lozim.

Chiqindilar uchun konteynerlar to‘liq to‘lgunga qadar bo‘shatilishi, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berilishi hamda toza holda saqlanishi lozim.

Korxonalarda chiqindi yig‘ish maydonchasi turar-joy binolari, o‘yin va dam olish maydonchalaridan kamida 20 m uzoqda joylashtirilishi lozim.

Shuningdek, chiqindi yig‘ish maydonchasini bunday masofada joylashtirish imkoni bo‘lmaganda, chiqindilar korxonalarning sovitish tizimi, yuvish va dezinfeksiyalash imkoni bo‘lgan alohida xonasida saqlanishiga yo‘l qo‘yiladi.

Korxonalar hududini tozalash uchun ishlatilgan jihozlarni (inventar) saqlash uchun alohida xona yoki maxsus joy ajratilishi kerak.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni