Noqonuniy joylashgan somsaxona faoliyati to’xtatildi

Aholi murojaatlarini o’z vaqtida o’rganish, ularga sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Shular jumlasidan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mudiri Dilnoza Ahmedova hamda tuman Soliq inspeksiyasi mas’ul mutaxassislari tomonidan Nukus ko’chasida joylashgan somsaxonaning sanitariya holati bo’yicha nazorat tadbirlari olib borildi.

O’rganish davomida hech qanday hujjatlarga ega bo’lmagan, noqonuniy va belgilanmagan joyda, ishchi xodimlarning tibbiy ko’rik guvohnomalarga ega bo’lmasdan faoliyat olib borilishi ma’lum bo’ldi. 

Shuningdek, Sanitariya qoida va me'yorlariga mutlaqo amal qilmasdan ishlayotganligi uchun somsa pechlari joyidan oldirilib, tuman bo’limiga yuborildi. Holat bo'yicha mas’ullarga sanitariya qoidalariga oid ko’rsatmalar berilib, tushuntirish o'tkazildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni