Somsaxonada sanitariya talablari buzilayotgani aniqlandi

 Gumma tayyorlashda foydalanadigan, hech qanday hujjatlarga ega bo'lmagan, polietilen paketlarda hidlanib qolgan, sifati kafolatlanmagan 20 kg qiyma mahsulotlari aniqlandi va o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

Bugun ommaviy ovqatdan zaharlanish, diareya, o'tkir ichak kasalliklarini oldini olish maqsadida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mudiri Dilnoza Ahmedova hamda mas'ul mutaxassislar tomonidan "Navro'z" mahallasida joylashgan somsaxonaning sanitariya holati hamda mahsulotlarning saqlanishi yuzasidan o'rganish o'tkazildi.

Profilaktika davomida quyidagilar ma'lum bo'ldi, ya'ni:

➖somsa pechlari tozalanmasligi natijasida to'plangan yog' hosil bo'lgani;
➖sotuvdagi mahsulotlarga hashorotlar yurgani;
➖saqlash qoidalariga mutlaqo zid ravishda, pishgan mahsulotlarni tozalanmagan muzlatgichlarga joylashtirilganligi;
➖turli xildagi gazli ichimliklar saqlangan muzlatgichga, noma'lum sharoitda tayyorlangan souslar, ovqat qoldiqlari borligi;
➖aholi turar joyining kirish qismiga poliz mahsulotlarini qoplarda joylab qo'ygani;
➖foydalanadigan idishlari sanitariya talablarga mutlaqo javob bermasligi va bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni