Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan "Askiya" dehqon bozorida o'rganish ishlari olib borildi. O'rganishlar natijasida sifati kafolatlanmagan, o’z xususiyatini yo’qotgan, organoleptik jihatdan iste’molga mutlaqo yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar savdosi aniqlandi.
Sotuvchilarning maxsus kiyimda bo'lishi, sut va sut mahsulotlarining, salatlarning saqlash qoidalariga amal qilinishi nazoratdan o'tkazildi. Sotuvchilar va bozor ma'muriyatiga bu borada tekgshli ko'rsatmalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati