Yangi yil bayrami oldidan tashkil qilingan savdo yarmarkalari xaridorlar bilan gavjum. Bayram dasturxoni uchun savdoga qo'yilgan oziq-ovqat mahsulotlarining xilma-xilligi, savdo rastalarining bayramona bezaklari har qanday xaridorning e'tiborini o'ziga jalb qiladi. Ammo mahsulotlarni xarid qilishda ularning sifat ko'rsatkichlari va ma'lumotlarini e'tibordan chetda qolmaslik lozim.
Sergeli tumanida Yangi yil bayrami oldidan tashkil qilingan oziq ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalarida mahsulotlarning yorliqlari, saqlanish muddatlari, sifat kafolatlari ko'zdan kechirilib, nazorat qilinmoqda. Bayram kunlarini betalafot va osoyishta o'tishini ta'minlash, aholi o'rtasida ovqatdan zaharlanish, botulizm kasalliklarini oldini olish maqsadida savdolardagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste'molga yaroqliligi yuzasidan nazorat kuchaytirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati