O'rganishlar davomida zaharlanish xavfini keltirib chiqaruvchi, sifat ko'rsatkichlari buzilgan 9 kg miqdoridagi dudlangan baliq mahsuloti savdosi aniqlandi va o'rnatilgan tartibda yo'q qilish choralari ko'rildi.
Ushbu holat bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi xodimlari tomonidan Farhod dehqon bozori hududida olib borilgan nazorat tadbiri davomida aniqlandi. Sotuvchiga iste'molga yaroqsiz bo'lgan mahsulotlarni savdoga chiqarmaslik va to'g'ri saqlash qoidalariga amal qilish bo'yicha tushuntirish berildi.
Eslatib o'tamiz, shu kabi go'sht va go'sht mahsulotlarini xarid qilayotganda ularning yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan korxonasi haqidagi ma'lumotni so'rashni unutmang. Noma'lum sharoitda tayyorlangan mahsulotlar zaharlanishga sabab bo'lishini doim yodingizda tuting.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati